O‘zbek so‘mi dollarga nisbatan qimmatlashdi

eʼlon qilindi
22-avgust ertalab
Rasm: Skorzewiak/Depositphotos

22-avgust ertalab Osiyo valyuta bozorida o‘zbek so‘mining kursi 1 AQSH dollari uchun 12 598,6 so‘mga yetib, oldingi kunga nisbatan 0,5 foizga mustahkamlandi. Trading economics portali ma’lumotlariga ko‘ra, so‘m Osiyo davlatlari valyutalari orasida eng yaxshi o‘sish sur’atini namoyish etdi.

Yevro dollarga nisbatan 0,11 foizga pasaygan. Xitoy yuan va yapon yenasi AQSh valyutasiga nisbatan biroz mustahkamlanmoqda.

Qozog‘iston tengesi dollarga nisbatan 0,27 foizga oshdi.

Avvalroq «Kursiv Uzbekistan» 21-avgust kuni O‘zR Markaziy banki dollarning qiymatini 12 645 so‘mga tushirgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek