O‘zbekiston fuqarolarida maymun chechakka qarshi jamoaviy immunitet mavjud

eʼlon qilindi ( yangilandi)
«Chin chechak» kasalligiga qarshi emlanganlar «maymun chechak» kasalligiga chalinmaydi
Foto: verywellhealth / Google .com

Mamlakatda istiqomat qilayotgan 1980-yildan avval tug‘ilgan fuqarolarning aksariyat qismi «chin chechak» kasalligiga qarshi emlangani bois organizmda hosil bo‘lgan immunitet maymun chechakka ham qarshi ishlaydi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

JSST (Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti) Yevropa Ittifoqining ta’kidlashicha maymun chechak kasalligi «Covid-19» kabi global muammo tug‘dirmaydi. JSST Mintaqaviy byurosi direktori Hans Klyuge maymun chechak kasalligi tarqalishi yuzasidan bayonot berdi.

Uning fikricha, «maymun chechagi koronavirus darajasidagi o‘ta jiddiy muammo emas, – biz Mpox virusi bilan qanday kurashish kerakligini bilamiz», deydi Klyuge.

Ma’lumot uchun, maymun chechagi – virusli infeksiyadir, u organizmni umumiy zaharlab terida toshmalar toshirish orqali kechadi.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston aeroportlarida maymunchechak kasalligi tufayli xavfsizlik choralari kuchaytirilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek