O‘zbekistonda dollarning rasmiy narxi keskin o‘sib ketdi
eʼlon qilindi
AQSh valyutasining qiymati 12 677,04 so‘mni tashkil qildi
22-avgust kuni O‘zbekiston Respublika valyuta birjasida dollarning o‘rtacha tortilgan qiymati 32,03 so‘mga ko‘tarildi va 12 677,04 so‘mni tashkil qildi.
Respublika hududidagi tijorat banklar dollarni 12 585 – 12 640 so‘mdan xarid qilishmoqda va 12 675 – 12 730 so‘mdan sotishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 21-avgust kuni mamlakatda AQSh valyutasining rasmiy qiymati qariyb 20 so‘mga o‘sgan edi.