Yangiliklar

O‘zR Tashqi ishlar vazirligi: O‘zbekiston BMT bilan barcha sohalarda hamkorlik qilishga tayyor

Yil boshidan buyon tashkilot respublika tomonidan taklif etilgan beshta rezolyutsani qabul qildi
Rasm: Baxtiyor Saidov Telegram kanali

Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) uy-joy huquqi boʻyicha maxsus ma’ruzachisi Balakrishnan Rajagopal Oʻzbekistonga keldi. U bilan uchrashuvni mamlakat tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov o‘tkazdi, deb xabar berdi u Telegram kanalida.

«BMTning Uy-joy huquqi bo‘yicha Maxsus ma’ruzachisi janob Balakrishnan Rajagopal bilan uchrashdik. (…) Biz BMTning maxsus ma’ruzachilari bilan barcha sohalarda yaqin hamkorlikni davom ettirishga tayyormiz», deb yozadi Saidov.

Uning qo‘shimcha qilishicha, 2024-yil boshidan buyon BMT O‘zbekiston tashabbusi bilan beshta rezolyutsiya qabul qilgan.

«Kursiv Uzbekistan» Rajagopalning O‘zbekistonga borish rejalari haqida yozgan edi.