Yangiliklar

O‘zbekistonda temir yo‘l orqali eng ko‘p turli rudalar hamda neft tashilgan

Joriy yilda o‘tgan yilga nisbatan yuk tashish hajmi biroz pastlagan
Foto: O‘zbekiston temir yo‘llari AJ

2024-yilning dastlabki olti oyida O‘zbekiston bo‘yicha umumiy foydalanishdagi magistral temir yo‘l transporti orqali 36,1 mln tonnadan ziyod asosiy turdagi yuklar tashilgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar bergan.

Temir yo‘l orqali tashilgan yuklar umumiy hajmda yuqori ulushga ega bo‘lganlari: turli xildagi rudalar – 12,7 foiz, neft – 9,3 foiz, qurulish mollari – 5,9 foiz, ko‘mir – 8,2 foiz, kimyoviy hamda metall o‘g‘itlar – 5,3 foiz, boshqa turdagi yuklar esa 52,6 foizni tashkil qiladi.

Ma’lumot uchun, 2023-yilning mos davrida O‘zbekiston bo‘yicha umumiy foydalanishdagi magistral temir yo‘l transporti orqali 36,3 mln tonna asosiy turdagi yuklar tashilgan.

Avvalroq «Kursiv Uzbekistan» O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 5,3 foizga ortgani haqida xabar bergan edi.