«Tashabbusli budjet»da ovoz berish boshlandi

eʼlon qilindi
31-avgustgacha

«Tashabbusli budjet»ning 2024-yilgi 2-mavsumi doirasida ovoz berish bosqichi boshlandi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmatida xabar berildi.

Unga ko‘ra, ovoz berish jarayonlari 31-avgust soat 23:59 ga qadar davom etadi.

Ovoz berish jarayonlari «Ochiq budjet» portalining veb-sahifasida, portalning mobil ilovasi (Android va iOS uchun) yoki telegramdagi rasmiy bot orqali amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zRda «Tashabbusli budjet» loyihasi bo‘yicha majburiy ovoz berishga qarshi kurash olib borilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek