Toshkent aeroportida toʻpponcha olib oʻtmoqchi boʻlgan xorij fuqarosi qoʻlga olindi

eʼlon qilindi
U Sankt-Peterburg – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelgan
Foto: «Toshkent-AERO» ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi matbuot xizmati

Toshkent xalqaro aeroportida bojxonachilar tomonidan pnevmatik qurolni yashirincha olib oʻtmoqchi boʻlgan xorij fuqarosi qoʻlga olindi. Bu haqda «Toshkent-AERO» ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 21-avgust kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti chegara-bojxona posti xodimlari tomonidan Sankt-Peterburg – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha uchib kelgan xorij fuqarosiga tegishli boʻlgan 1 dona qora rangli yoʻl sumkasi bojxona koʻrigidan oʻtkazildi.

Natijada yuklar ichidan bojxona nazorati uchun belgilangan tartibda taqdim etilmagan va ichki ishlar organlarining tegishli ruxsatnomalarisiz boʻlgan 1 dona pnevmatik qurol va 1 dona pnevmatik quroldan otish uchun moʻljallangan 290 dona shariklar (zoldor) borligi aniqlandi.

Hozirgi vaqtda ushbu holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq «Kursiv» Uzbekistan Airwaysʼning Malayziyaga parvoz qilgan samolyotida oʻgʻrilar ushlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek