Yunon-rum bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Jahon chempionatida oltita medalni qo‘lga kiritdi

eʼlon qilindi
O‘zbekiston sportchilari turnirni bitta kumush va beshta bronza medali bilan yakunladi
Rasm: MOQ

Yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Iordaniyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida bitta kumush va beshta bronza medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, Husniddin Abdukarimov (-48 kg) kumush medaliga sazovor bo‘ldi. Sardor Xolmurzayev (-55 kg), Umidjon Karimov (-45 kg), Farrux Yo‘ldoshev (-60 kg), Behruzbek Valiyev (-71 kg), Faxrikamol Komiljonov (-92 kg) bronza medali bilan taqdirlandi.

Shu tariqa O‘zbekiston sportchilari turnirni bitta kumush va beshta bronza medali bilan yakunlab, ochkolar soni bo‘yicha umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi. Ertaga erkin kurashchilar o‘rtasida musobaqalar boshlanadi.

Avvalroq «Kursiv Uzbekistan» Nig‘matilla Yo‘ldoshev O‘zbekiston kurash federatsiyasi raisligida qolganini e’lon qilgan edi.

Shuningdek