«Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash» korxonasi jarimaga tortildi
«Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash» AJ moliyaviy jarimaga tortildi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qo‘mitaning Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan davlat xaridlari sohasidagi o‘rganishlar olib borildi. Holat yuzasidan «Raqobat to‘g‘risida»gi Qonunni buzganlik holati aniqlandi hamda «Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash» AJga nisbatan ish qo‘zg‘atildi.
Unga ko‘ra, «Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash» AJ tomonidan maxsus axborot portal orqali 2,8 mlrd so‘mdan ortiq tender savdolari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilishi natijasida «Raqobat to‘g‘risida»gi Qonunning 29-moddasi buzganlik holati aniqlanib, buyurtmachi tashkilot jarimaga tortildi.
Qonunbuzilishiga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxsga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi hamda hujjatlar tegishli tartibda sudga yuborilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Raqobat qoʻmitasi «Amudaryotex» MCHJ XKni jarimaga tortgani haqida xabar bergan edi.