Chiqindilarni olib ketish boʻyicha ommaviy oferta tashkil qilindi
Prezident farmoniga binoan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qattiq maishiy chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish xizmatlari ommaviy oferta asosida amalga oshirilmoqda. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar berdi.
Unga ko‘ra, oferta faqatgina alohida koʻchmas mulkdan foydalanadigan yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan mazkur koʻchmas mulk joylashgan hududga biriktirilgan sanitar tozalash korxonasi orasida tuziladi.
Buning yordamida tadbirkorlik obyektidan mazkur hududga biriktirilgan sanitar tozalash korxonasi chiqindilarni olib ketadi, tadbirkor esa buning uchun belgilangan toʻlovni avtomatik tarzda amalga oshirishi kerak boʻladi.
Ma’lumot uchun, ushbu tartibga amal qilmagan tadbirkorlik subyektlari javobgarlikka tortiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq toshkentliklar daraxtlarni noqonuniy kesish haqida xabar berishga chaqirilgan edi.