O‘zbekistonda iqtisodiyotning asosiy kapitaliga qancha investitsiya kiritilgani ochiqlandi
eʼlon qilindi
Davlat tomonidan mablag‘lar esa jami investitsiyalar qariyb 24,5 trln so‘mni tashkil etdi
2024-yilning yanvar–iyun oylarida xususiy kompaniyalar tomonidan iqtisodiyotning asosiy kapitaliga 229,3 trln so‘m investitsiyalar kiritildi. Bu haqda davlat Statistika agentligi xabar bermoqda.
Bu mablag‘ning katta qismi, ya’ni 89,3 foizi yoki 205 trln so‘mga yaqin mablag‘ni xususiy kompaniyalar va biznesmenlar ta’minladi. O‘tgan yilning olti oyiga nisbatan xususiy biznesning hissasi 1,4 foiz punktga oshdi.
Davlat tomonidan mablag‘lar esa jami investitsiyalarning 10,7 foizini, ya’ni qariyb 24,5 trln so‘mni tashkil etdi. O‘tgan yilga nisbatan xususiy biznesning hissasi biroz oshdi.
Avvalroq «Kursiv Uzbekistan» yangi yengil avtomobillarning 86 foizi O‘zbekistonda ishlab chiqarilganini yozgan edi.