Dzyudo bo‘yicha Olimpiya chempioni Diyora Keldiyorova Ijtimoiy himoya milliy agentligining gender tengsizligi va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashish bo‘yicha ijtimoiy komissari etib tayinlandi. Bu haqda boshqarma direktori o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva o‘zining Instagramdagi sahifasida yozdi.
Mirziyoyevaning so‘zlariga ko‘ra, Keldiyorova Markaziy Osiyoda dzyudo bo‘yicha birinchi ayol-olimpiya chempioni bo‘lib, O‘zbekistonni allaqachon mashhur qilgan.
«Uning maxsus vakil sifatidagi yangi vazifasi Oʻzbekistondagi barcha AYOLLAR uchun an’anaviy oilaviy qadriyatlarni saqlagan holda istalgan sohada choʻqqiga chiqishi mumkinligiga oʻziga xos chorlov boʻla oldi», deb yozdi agentlik direktori o‘rinbosari.
Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik dzyudochi O‘zbekiston delegatsiyasidan birinchi bo‘lib «Parij – 2024» Olimpiya o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritdi. U besh yil davomida mag‘lubiyat nimaligini bilmagan Uta Abe ustidan g‘alaba qozondi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan sportchimiz Olimpiadada ishtirok etgan kimonosini Xalqaro olimpiya qo‘mitasi muzeyiga sovg‘a qilgani haqida yozgan edi.