Farg‘onadan Novosibirskka to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yilmoqda

eʼlon qilindi ( yangilandi)
"S7 Airlines" aviakompaniyasi orqali
Foto: T.me/uzbairportsuz

Rossiyaning «S7 Airlines» aviakompaniyasi Farg‘onadan Novosibirskka muntazam yo‘lovchi qatnovlarini yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.

Unga ko‘ra, ilk parvoz 2024-yil 19-sentabrda bo‘ladi. Ushbu havo qatnovi Airbus A320 rusumli samolyotlarda, haftaning dushanba kunlari amalga oshiriladi.

Ma’lumot uchun, «S7 Airlines» aviakompaniyasining shtab-kvartirasi Novosibirsk shahrida joylashgan. Kompaniya 26 mamlakatning 180 dan ortiq shaharlarida parvozlarni yo‘lga qo‘ygan.

Ayni damda mazkur kompaniya Toshkent, Samarqand va Urganch xalqaro aeroportlariga parvozlarni amalga oshirib kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiya aviakompaniyasi Navoiyga parvozlarni yo‘lga qo‘ygan edi.

Shuningdek