Kursiv Uzbekistan sayti ingliz tilidagi versiyani ishga tushirdi

eʼlon qilindi
Редактор международного отдела
23-avgustdan
Foto: Roman Fedotov / Kursiv Uzbekistan

Markaziy Osiyoning yetakchi biznes ommaviy axborot vositalaridan biri Kursiv Uzbekistan sayti 23-avgustdan ingliz tilidagi versiyani ishga tushirganini ma’lum qiladi. Ushbu strategik qadam Oʻzbekistonning jadal rivojlanayotgan iqtisodiyoti va voqeliklariga qiziquvchi xorijiy mutolaachilar auditoriyasini jalb qilishga qaratilgan.

Kursiv Uzbekistan direktori va bosh muharriri Anastasiya Novikovaning soʻzlariga koʻra, nashrning ingliz tilidagi versiyasini ishga tushirish Oʻzbekistonning biznes landshaftini xalqaro hamjamiyat uchun yanada qulayroq qilish uchun moʻljallangan.

«Bugungi kunda Markaziy Osiyo koʻplab mamlakatlarning qiziqish markazidadir. Investitsiyalar soni ortib, xalqaro hamkorlik mustahkamlanmoqda. Bizni mamlakatdan tashqarida oʻqishlarini xohlaymiz», deydi Novikova.

Kursiv Uzbekistan materiallaridan xorijiy auditoriya Oʻzbekiston va mintaqadagi iqtisodiyot, moliya, siyosat va jamiyat hayotidagi muhim voqeliklar bilan tanishadi.

Kursiv Uzbekistan axborot boʻshligʻini bartaraf etishga va Oʻzbekiston bozori dinamikasini tushunishga intilayotgan global investorlar, tahlilchilar va siyosatchilar uchun ishonchli manbaga aylanishga intiladi.

Nashrning asosiy ustunlik jihati — professional ekspertiza va tahlil hisoblanadi. Kursiv ekspertlari — biznes egalari, kompaniyaning top menejerlari, iqtisodchilar, moliyaviy tahlilchilar va turli sohalardagi mutaxassislardir.

Nashr jamoasi faqat media makoni bilan cheklanib qolmaydi. Kursiv Uzbekistan ochiq muloqot uchun biznes, hukumat va jamiyat vakillarini birlashtirgan tadbirlarni oʻtkazadi.

Oʻzbekiston xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashishda davom etar ekan, ingliz tilidagi Kursiv Uzbekistan sayti mamlakatdagi soʻnggi yangiliklardan xabardor boʻlishni xohlovchilar uchun ajralmas manbaga aylanadi.

Shuningdek