Yangiliklar

Shavkat Mirziyoyev olimpiadachilar va ularning murabbiylarini taqdirladi

Tegishli farmon imzolandi
Rasm: MOQ

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Olimpiya o‘yinlari sovrindorlari va ularning murabbiylari ordenlar bilan taqdirlash hamda ularga faxriy unvonlar berish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi, deb xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.

Olimpiya o‘yinlarining oltin medal sovrindorlari Hasanboy Do‘smatov, Bahodir Jalolov va Ulug‘bek Rashitov «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlandi.

Olimpiada oltin medallari sovrindorlari Ra’zambek Jamolov, Diyora Kediyorova, Lazizbek Mullojonov, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev va Abdumalik Xalokovga «O‘zbekiston iftixori» faxriy unvoni berildi.

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi» faxriy unvoni bilan taqdirlangan kumush medal sohiblari Svetlana Osipova va Akbar Jo‘rayev taqdirlandilar.

Bundan tashqari, O‘zbekiston taekvondo assotsiatsiyasi raisi Sherzod Toshmatov va boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Saken Polatov «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlandi.

Murabbiylar II darajali «Do‘stlik», «Sog‘lom avlod uchun» ordenlari bilan taqdirlandi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan o‘zbekistonlik boks murabbiyi Akmal Hasanov qirg‘izistonlik bokschiga ko‘rsatgan yordami uchun Chingiz Aytmatov medalini qo‘lga kiritgani haqida yozgan edi.