Ozarbayjon va O‘zbekiston shaharlari qardosh bo‘ldi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Toshkentdagi forumda
Rasm: AZERTAJ

Toshkentda O‘zbekiston – Ozarbayjon biznes-forum bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida imzolangan hujjatlar, jumladan, mamlakatlar shaharlari o‘rtasida birodarlik aloqalarini o‘rnatish to‘g‘risidagi hujjatlar almashildi, deb xabar berdi Ozarbayjon davlat axborot agentligi (AZERTAJ).

Jizzax va Guba, shuningdek, Shahrisabz va Beylagan qardosh bo‘lishdi.

Bundan tashqari, davlatlar energetika, ta’lim, logistika va qurilish sohalarida hamkorlik to‘g‘risida bitimlar tuzdi.

Biznes-forumda 300 ga yaqin tadbirkorlar ishtirok etdi. Ular Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga tashrifi arafasida hamkorlikni muhokama qildilar. Kursiv Uzbekistan yozganidek, Davlat rahbari kuni kecha mamlakatga keldi.

Shuningdek