Yangiliklar

O‘zbekiston ilk bor baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda – video

Musobaqada 57 mamlakatdan 400 nafar sportchi, shu jumladan, mezbonlar ham ishtirok etadi
Foto: Kav38 / depositphotos.com

23–25-avgust kunlari Samarqandda baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar beradi.

Bunday turnir respublikada birinchi marotaba o‘tkazilayotgan yirik xalqaro musobaqadir. Tarixiy shaharga 57 mamlakatdan 400 nafar sportchi, shu jumladan, mezbonlar ham yetib kelgan.

Turnirning faxriy mehmoni sifatida o‘zbekistonlik Vadim Menkov bo‘ladi. Sportchimiz Jahon va Osiyo chempioni, to‘rt karra Osiyo o‘yinlari chempioni hisoblanadi.

Shuningdek, germaniyalik Sebastyan Brendel va Ispaniya vakili Pimenta Fernando Olimpiya o‘yinlari sovrindorlari ham ishtirok etadi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2024/08/img_1536.mov

Rejaga ko‘ra, saralash bosqichi bugun va ertaga kunning birinchi yarmida barcha yo‘nalishlarda o‘tkaziladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan oʻzbekistonlik boks murabbiyi «Chingiz Aytmatov» medali bilan taqdirlangani haqida yozgan edi.