O‘zbekiston va Perm o‘lkasi energetika sohasida hamkorlik qiladi
Rossiyaning Perm o‘lkasi (Prikamya) va O‘zbekiston energetika sohasidagi hamkorlik bo‘yicha yo‘l xaritasini ishlab chiqadi, deb xabar berdi Rossiya Federatsiyasi mintaqasi matbuot xizmati.
Avvalroq O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ushbu hujjat bo‘yicha ishlarni Prikamya gubernatori Dmitriy Maxonin bilan muhokama qilgan edi.
Hujjat ishlab chiqish yakunlandi. Hozirgi kunda uni O‘zbekiston Energetika vazirligi tasdiqlamoqda. Imzolash 2024-yil oktabr oyida Sankt-Peterburg xalqaro gaz forumida kutilmoqda.
«Yo‘l xaritasi»da sanoat kooperatsiyasi, savdo, kadrlar salohiyati, texnologiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish choralari belgilangan. Bundan tashqari, investitsiya loyihalari kelishib olindi: Kama (daryo) bo‘yidagi korxonalarni O‘zbekistonda mahalliylashtirish rejalashtirilmoqda.
Kursiv Uzbekistan O‘zbekiston Moskva viloyatidan ko‘proq qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini import qila boshlagani haqida yozgan edi.