Yangiliklar

Qozog‘iston Kaspiyda yettita yangi kemani qurib, dengiz flotini kengaytirmoqda

Qozog‘iston dengizida imkoniyatlarini kengaytirish harakatida
Foto: Times of Central Asia

Kaspiy dengizida Qozog‘istonning dengiz imkoniyatlar doirasini kengaytirish rejasi amalga oshirilmoqda. Ushbu reja doirasida yettita yangi kema, jumladan, uchta tanker, ikkita parom va ikkita konteyner tashuvchi kema qurilmoqda. Bu haqda The times of Central Asia nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, yangi kemalar Qozog‘istonning Kaspiy dengizida transport va logistika infratuzilmasini mustahkamlashga qaratilgan strategik tashabbusining bir qismi hisoblanadi.

Hozirgi vaqtda Qozog‘istonning savdo flotida 17 ta kema, jumladan, 10 ta tanker, to‘rtta yuk tashuvchi kema va uchta konteyner tashuvchi kema mavjud.

Hozirgi kunda Ozarbayjon bilan dengiz aloqalarini mustahkamlash ham rejaga kiritilgan. Yaqinda sotib olingan tankerlardan foydalanish Qozog‘istondan Ozarbayjonga neft yetkazib berishni osonlashtiradi va uni Boku — Tbilisi — Jayhan quvuri orqali eksport qilish imkonini beradi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Turkiya Qozog‘istonning kema qurish harakatlarida asosiy hamkor bo‘lgan. Turkiya kompaniyalari bilan hamkorlik nafaqat yangi kemalar qurilishini qo‘llab-quvvatlaydi, balki Qozog‘istonning kema qurish xizmatlari bo‘yicha Rossiyaga qaramligini kamaytiradi va shu bilan Kaspiyda uning pozitsiyasini mustahkamlaydi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘zaro savdo hajmini $10 milliardga yetkazishi haqida xabar bergan edi.