«Universal sugʻurta» kompaniyasi «Toshkent» RFBda aksiyalar savdosini toʻxtatdi

eʼlon qilindi
Bu haqda “Toshkent” respublika fond birjasi ma’lum qildi
Foto: Universal Sug‘urta

«Universal sug‘urta» kompaniyasining oddiy aksiyalari bo‘yicha savdo faoliyati to‘xtatildi. Bu haqda «Toshkent» respublika fond birjasi ma’lum qildi.

So‘nggi bir necha kun ichida bitimlar bo‘yicha narxlarning ikki baravar oshib ketishi natijasida savdolar to‘xtatildi.

Shuningdek, 2024-yil 2-apreldan boshlab qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan «Universal sug‘urta» AJ tomonidan 2022-yil 7-iyuldagi 031932-sonli sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan litsenziya bekor qilindi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan TBC Bank sug‘urta kompaniyasini tashkil qilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek