Rossiyaga borayotgan yurtdoshlar ogohlantiriladi

eʼlon qilindi
Muammoli murojaatlar kelib tushmoqda
Foto: Pixabay:com

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyadagi notinch vaziyat tufayli, ushbu davlatga borayotgan, hududida bo‘lib turgan yoki chiqib ketayotgan yurtdoshlarimizdan xavfsizlik choralariga ko‘ra harakatlanishini so‘radi.

Oxirgi paytlarda Rossiyadagi aeroportlarda mamlakat hududiga kirib borayotgan fuqarolardan hujjatlarining bir necha soatlab tekshirish holatlari yuzaga kelmoqda. Bu, o‘z navbatida, bir qator muammolarni yuzaga keltirayotgani bo‘yicha murojaatlar ko‘paygan. Shu bilan birga, mamlakat Ichki ishlar vazirligining rasmiy veb-sayti orqali Rossiya hududiga kirish uchun taqiq bor-yo‘qligini tekshirib, so‘ng borish tavsiya qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Boshqirdiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash 30 foizdan ortiq oshgani haqida yozgan edik.

Shuningdek