Sitsiliya sohillari yaqinida yuz bergan yaxta halokatida texnomagnat Linch va Morgan Stanley direktorlar kengashi raisi Blumer halok bo‘ldi

eʼlon qilindi
Shuningdek, Clifford Chance yuridik firmasi vakili Kristofer Morvillo jasadi ham topilgan
Rasm: Simon Dawson / Bloomberg

Qutqaruvchilar Sitsiliya qirg‘oqlarida bo‘ron natijasida halokatga uchragan Bayesian yaxtasining taniqli mehmonlarining jasadlarini dengiz tubidan olib chiqishdi. Halok bo‘lganlar orasida kema egasi, «britaniyalik Bill Geyts» Mayk Linch va Morgan Stanley International banki direktorlar kengashi raisi Jonatan Blumer bor, deya xabar berdi Reuters agentligi.

Moliyachi va biznesmendan tashqari, halokatda Blumerning rafiqasi Judi, Clifford Chance yuridik firmasi vakili Kristofer Morvillo va uning rafiqasi Ned halok bo‘ldi.

Linchning 18 yoshli qizi Xanna hanuzgacha bedarak yo‘qolgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Bayesian halokati haqida yozgan edi. Unda Linchning rafiqasi omon qolgan edi.

Linch 1996-yilda Autonomy kompaniyasiga asos solgan. U tuzilmagan manbalardan (telefon qo‘ng‘iroqlari, video va elektron maktublar) ma’lumot olish uchun dasturiy ta’minotni ishlab chiqish bilan shug‘ullangan.

Ommaviy axborot vositalarida Linchni ko‘pincha «Britaniyalik Bill Geyts» deb atashgan.

Shuningdek