Tolibon jamoat joylarida ayollarning baland ovoz chiqarishini taqiqlamoqda
eʼlon qilindi
Qonun bilan cheklov qo‘yildi
Afg‘onistonda ayollarning jamoat joylarida ovozlarini chiqarib kitob o‘qishi va qo‘shiq kuylashini taqiqlovchi qonun qabul qilindi. Bu haqda CNN axborot agentligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, hukumat vakilining so‘zlariga ko‘ra qonun rahbar Hibatulloh Oxundzoda tomonidan ma’qullanganidan so‘ng amaliyotga tatbiq etildi.
Mazkur qonun vazirlikka shaxslar xulq-atvorini tartibga solish, qonunlarni buzganliklarni ogohlantirish yoki hibsga olish kabi jazolarni qo‘llash huquqini beradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tolibon Amudaryo sohillarini mustahkamlashni rejalashtirgani haqida yozgan edik.