Yangiliklar

Toshkentdan Moskvaga poyezdlar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi

Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ axborot xizmati xabar berdi
Foto: «Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi»

24-sentabrdan Toshkent va Moskva oʻrtasida temir yoʻl qatnovi yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqda «Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi» AJ axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Toshkentdan Rossiya poytaxtiga poyezdlarning joʻnash kunlari: 24-sentabr, 2-oktabr, 10-oktabr, 26-oktabr, 2-noyabr, 18-noyabr, 26-noyabr, 4-dekabr, 12-dekabr. Toshkentdan joʻnash vaqti 19:55 boʻlsa, Moskvaga yetib kelish 23:12.

Qaytish reyslari 28-sentabr, 6-oktabr, 14-oktabr, 30-oktabr, 6-noyabr, 22-noyabr, 30-noyabr, 8-dekabr kunlariga belgilangan. Poyezd Moskvadan 5:40 da joʻnab, Toshkentga 8:23 da yetib keladi.

Oʻrtacha sayohat vaqti ikki-uch kunni tashkil qiladi.

Foto: «Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi»

Kupeda bitta joyning narxi 3,3 million soʻmdan 4,3 million soʻmgacha, Platskartda boʻlsa, joylar – 2,4 million soʻmdan 3 million soʻmgacha etib belgilangan.

«Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi»ning ta’kidlashicha, yoʻlovchilar chipta sotib olayotganda chegirmalardan foydalanishlari mumkin. Ya’ni reys sanasidan qancha koʻp kun oldin chipta xarid qilinsa, chegirma foizi shuncha yuqoriroq boʻladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri Toshkent markaziy vokzalida chiptalar xarid qilish uchun terminal oʻrnatilgani haqida yozgan edi.