Yamanda yuzaga kelgan talafot tufayli 60 kishi vafot etdi. Bu haqda Daily Times nashri xabar berdi.
BMT taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, deyarli 270 mingga yaqin fuqaro jabr ko‘rgan. Toshqinlar natijasida shaharlarning infratuzilmasi, jumladan, maktab, yo‘l hamda shifoxonalar vayronaga aylangan. Hajja viloyati hududida 14 nafar qurbon momaqaldiroq vaqtida chaqmoq urishi vaqtida vafot etgan, shuningdek, 13 nafar shaxs bedarak yo‘qolgan.
OCHA gumanitar agentligi (BMT tarkibida), e’lon qilgan hisobotiga ko‘ra toshqinlar natijasida 36 nafar Hodeyda provinsiyasida, Maribda 8 nafar, Taizda esa 6 nafar shaxs qurbonga aylangan.
Qayd etilishicha, o‘n yillik urush bilan kurashib kelayotgan Yaman har yili kuchli toshqinlardan aziyat chekadi, bunga sabab iqlim o‘zgarishi bo‘lmoqda.
“Deyarli o‘n yillik urush bilan kurashayotgan Yaman deyarli har yili kuchli yog‘ingarchilik tufayli yuzaga keladigan toshqinlardan aziyat chekadi, iqlim o‘zgarishi esa yog‘ingarchilikning chastotasi va intensivligini oshirmoqda», deyiladi xabarda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentning Yunusobod tumanida ko‘chalarni suv bosishi natijasida yuzaga kelgan favqulodda vaziyat bartaraf etilgani haqida xabar bergan edi.