Yangiliklar

Yangi yengil avtomobillarning 86 foizi O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan

Yarim yillik statistikaga ko‘ra
Foto: Uzautomotors.com/

Joriy yilning yanvar–iyun oylarida Oʻzbekiston boʻyicha 161,4 ming dona yangi yengil avtomobillar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, avtomobillarning 86,2 % qismi, ya’ni 39,1 ming donasi O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan. Qolgan 13,8 % qismi (22,3 ming dona) xorijda ishlab chiqarilgan.

2024-yilning yarmida Oʻzbekistonda 176 881 ta yangi avtotransport vositalari davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda temir yo‘l orqali eng ko‘p turli rudalar hamda neft tashilgani haqida yozgan edik.