24-avgust kuni Farg‘ona vodiysining tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik kuzatiladi
eʼlon qilindi
( yangilandi)
Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi xabar beradi

Bugun, 24-avgust kuni O‘zbekiston bo‘ylab issiq havo saqlanib turadi. Respublika viloyatlarida yomg‘ir yog‘maydi. Havo harorati o‘rtacha 37-daraja issiq bo‘ladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi xabar beradi.
Toshkentda havo bulutli, biroq yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Kunduzi 35-darajagacha issiq, kechga kelib 21-daraja iliq bo‘ladi.
Farg‘ona vodiysining tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Boshqa tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Kunduzi havo 28-darajagacha ko‘tarilishi mumkin, kechasi esa 18-daraja iliq bo‘ladi.