Shaxmat bo‘yicha Abu-Dhabi Masters turnirida Nodirbek Yakkuboyev g‘alaba qozondi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Shamsiddin Vohidov esa 3-o‘rinda
Rasm: Uzchess

14-avgustdan to 25-avgustgacha boʻlib oʻtayotgan BAAning Abu-Dabi shahrida oʻzbekistonlik shaxmatchilar shohsupadan joy olishdi. Nodirbek Yakkuboyev musobaqa chempioni boʻldi, Shamsiddin Vohidov esa 3-oʻrinda. Bu haqda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilgan „UzChess“ rasmiy Telegram kanali xabar berdi.

Oltita shaxmatchilarning ochkolar teng boʻlishiga qaramasdan, qoʻshimcha koʻrsatgichlarga koʻra Nodirbek toʻqqiz turda yetti ochko jamgʻarib chempionlikni va $30 ming pul mukofotini qoʻlga kiritdi.

Turnir gʻolibi toʻqqizinchi turda hindistonlik Leon luk Mendonca bilan durangga rozi boʻldi.

Yana bir sportchi Shamsiddin Vohidov ham yetti ochko yigʻdi va $8 ming bilan taqdirlandi.

Soʻnggi turda oʻzbekistonlik sportchi Rossiya vakili David Paravyan bilan durang natijani qayd etdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan oʻsmirlar oʻrtasidagi rapid va blits boʻyicha jahon chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi umumiy hisobda 1-oʻrinni egallaganini yozgan edi.

Shuningdek