Yangiliklar

Yangihayot tumanidagi yong‘in bartaraf etildi – video

Soat 11:28 da to‘liq o‘chirilgan
Rasm: FVB

Bugun, 24-avgust kuni soat 09:48da Yangihayot tumani Yangi Darxon ko‘chasidagi ishlab chiqarish sexlaridan birining omborida sodir bo‘lgan yong‘in joyiga yong‘in-qutqaruv ekipaji tomonidan 11:00 da qurshab olinib va soat 11:28 da to‘liq o‘chirilgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Taxminan 5000 kvadrat metr ombor maydonlari saqlab qolindi.

Yong‘inni o‘chirishda 19 nafar o‘t o‘chiruvchilar va maxsus texnikalar ishtirok etgan. Hozirgi paytda yong‘in kelib chiqish sabablari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2024/08/11-1.mp4
Video: FVB

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Yangihayot tumanida joylashgan omborxonada yong‘in sodir bo‘lganini yozgan edi.