Iqtisodiyot o‘smoqda, risklar saqlanib qolmoqda: Fitch O‘zbekiston reytingini tasdiqladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Hisobot agentlik saytida e’lon qilindi
Rasm: diy13@ya.ru/depositphotos

Fitch reyting agentligi O‘zbekiston emitentining defolt reytingini «BB-» darajasida barqaror prognoz bilan tasdiqladi. Xabar tashkilot portalida e’lon qilindi.

Fitch ekspertlarining ta’kidlashicha, reyting respublikaning nisbatan past davlat qarzi, O‘zbekiston iqtisodiyotining yuqori o‘sishi bilan qo‘llab-quvvatlanadi.

Ushbu omillar aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotning (YaIM) pastligi va O‘zbekistonning xomashyoga qaramligini muvozanatlashtiradi, deya ta’kidladi agentlik ekspertlari.

Agentlik prognozlariga ko‘ra, mamlakat davlat qarzining yalpi ichki mahsulotga nisbati 2026-yil oxiriga kelib, 2023-yildagi 32,5 foizga nisbatan 32,1 foizni tashkil etadi. Shu bilan birga, qarzlarning asosiy qismi o‘rtacha 9,2 yillik to‘lov muddati bilan chet el valyutasiga to‘g‘ri keladi.

2026-yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti 5,5 foizgacha o‘sishi kutilmoqda. Joriy yil oxirida mamlakat YaIM 6,2 foizga o‘sishi mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan joriy yilning birinchi yarmida O‘zbekistonda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot 4 foizga o‘sgani haqida yozgan edi.

Shuningdek