Ispaniyalik olimlar: Dimorf asteroidining parchalari Yerga qulashi mumkin
Amerikaning NASA kosmik agentligining DART dasturi doirasida vayron qilingan asteroidning parchalari Yerga yetib keladi. Bu yetti yildan keyin sodir bo‘lishi taxmin qilinmoqda, deb xabar berdi Science Alert portali Milan Politexnika instituti mutaxassislarining tadqiqotiga tayanib.
Ikki yil avval NASA DART (Double Asteroids Redirect Test) loyihasi doirasida asteroidlar harakat trayektoriyasini o‘zgartirish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli missiyasini amalga oshirdi. Agentlikning kosmik apparati Dimorf’ga kirib, uning vayron bo‘lishiga olib keldi. Bu Yerni bunday obyektlarning ehtimoliy qulashidan himoya qilish uchun qilingan.
Ispaniyalik olimlarning tadqiqotiga ko‘ra, inson tomonidan vayron qilingan asteroid parchalari 2031-yilda Yerga uchib kelishi mumkin. Agar ular sekundiga 1,5 km tezlik bilan harakatlansa, bu sodir bo‘ladi. Agar parchalar sekinroq uchadigan bo‘lsa, ularni o‘ttiz yildan keyin ko‘rish mumkin bo‘ladi.
Dimorf parchalari xavf tug‘dirish uchun juda mayda. Ammo ularning qulashini inson ko‘zi bilan kuzatsa bo‘ladi. Zarrachalar yangi meteorit oqimini hosil qilishi ehtimoli mavjud.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Istanbulda meteorit tushishi haqida yozgan edi.