IT Park rezidenti AQSH sanksiyalariga uchradi
Toshkentda IT Park rezidenti maqomiga ega bo‘lgan Rossiyaning «Intheme Lab» kompaniyasi Amerika Qo‘shma Shtatlarining (AQSH) yangi sanksiyalar ro‘yxatiga kiritildi, deb xabar beradi mamlakat Moliya vazirligi.
Yangi ro‘yxat AQSH tomonidan o‘tgan hafta e’lon qilingan edi. U 300 dan ortiq kompaniyalarni o‘z ichiga olgan. Ularning bir qismi IT sohasi bilan bog‘liq.
Tashkilotning rasmiy veb-saytida keltirilganidek, Intheme Lab o‘z ishlanmalari va boshqa tomonlarni yechimlari yordamida biznes-jarayonlarni optimallashtirish, avtomatlashtirish va o‘zgartirish bilan shug‘ullanadi. Kompaniya Toshkent IT Park rezidentlari ro‘yxatiga kiritilgan.
Kursiv Uzbekistan iyun oyida Yaponiyaning o‘zbek Mvizion kompaniyasiga qarshi sanksiyalar joriy etgani haqida yozgan edi.