Yangiliklar

Kuchli yomgʻir sabab Anqara koʻchalarini suv bosdi

Suv bosishi oqibatida shaharning ko‘plab tumanlarida ish jarayoni to‘xtab qolgan
Foto:  Х/sehrivanhaber

Kuchli yomgʻir sabab Anqara koʻchalarini suv bosdi. Bu haqda TRT haber nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, yomgʻir tufayli yer osti yoʻlaklari, koʻplab xiyobon va koʻchalar, ayrim uylar va ishxonalarning birinchi qavatlari, transport vositalari suv ostida qolgan.

Foto: TRT Haber

Suv bosishi oqibatida shaharning koʻplab tumanlarida ish jarayonlari toʻxtab qolgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Yamandagi suv toshqini oqibatida qurbonlar soni 60 nafarga yetgani haqida xabar bergan edi.