
Mustaqillik bayrami munosabati bilan o‘zbekistonliklar 31-avgustdan 4-sentabrgacha dam oladi. Bu haqda prezidentning tegishli farmonida belgilab qo‘yilgan.
Unga ko‘ra, 31-avgust – olti kun ishlaydigan xodimlarga qo‘shimcha dam olish, 1-sentabr – Mustaqillik bayrami, 2-sentabr – ko‘chirilgan dam olish kuni, 3-sentabr – barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 4-sentabr esa barcha uchun ish kuni etib belgilangan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan respublika oliygohlarida o‘qish 9-sentabrdan boshlanishi haqida xabar bergan edi.