Nukus xalqaro aeroportiga nisbatan ish qo‘zg‘atildi

eʼlon qilindi
120 mln so‘mlik tanlov savdolarini o‘tkazishda qonun talablari qo‘pol ravishda buzilgan
Foto: Uzbekistan Airports

Nukus xalqaro aeoroportiga nisbatan ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasining matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, MCHJ tomonidan davlat xaridlari elektron portal orqali amalga oshirilgan 120 mln so‘mlik tanlov savdolarini o‘tkazishda «Davlat xaridlari» hamda «Raqobat to‘g‘risida»gi Qonun talablari qo‘pol ravishda buzilgan.

Ma’lumotlarga qaraganda, qo‘mita maxsus komissiya tomonidan «Raqobat to‘g‘risida»gi Qonun hamda Vazirlar Mahkamasi 225-son Nizom talablariga zid holatlar yuzasidan MCHJga nisbatan ish qo‘zg‘atilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash» korxonasi jarimaga tortilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek