Joriy yilning olti oyida Oʻzbekiston tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega boʻlgan hamkor davlatlar ro‘yxati shakllantirildi. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, $6,9 mlrd qiymatdagi savdo aylanmasi bilan Xitoy ushbu ro‘yxatda yetakchilik qilmoqda.
Undan keying o‘rinda Rossiya ($6,8 mlrd). Ro‘yxat Qozogʻiston ($2,3 mlrd), Turkiya ($1,7 mlrd), Koreya ($1,2 mlrd), Turkmaniston ($741 mln), Fransiya ($690 mln), Germaniya ($601 mln) hamda Afgʻoniston ($573 mln) davlatlari bilan davom etgan.
O‘zbekiston tashqi savto aylanmasi yuqori bo‘lgan mamlakatlar top o‘ntaligi ro‘yxatini $553 mln bilan AQSh nihoyalagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda iqtisodiyotning asosiy kapitaliga qancha investitsiya kiritilgani ochiqlangan edi.