Yangiliklar

O‘zbekistonlik opera xonandasi Magomayev sharafiga 11 ming km masofani bosib o‘tdi

Toshkentdan Vladivostokkacha
«Vesti Primorye» videosining skrinshoti

O‘zbekistonlik opera xonandasi Xursand Sherov SSSR xalq artisti Muslim Magomayev sharafiga Toshkent – Vladivostok yo‘nalishi bo‘yicha 11 ming km yo‘lni bosib o‘tdi, deb xabar berdi «Moskovskiy komsomolets».

O‘zbekistonlik Vladivostok yo‘lida Magomayevning qo‘shiqlarini ijro etgan. U veloturi o‘zbek, ozarbayjon va rus xalqlarini birlashtirishiga umid bildirdi.

Xursand Sherov velosipedda sayohat qilishni 2013-yilda boshlagan va bir necha marta 10 mingdan 20 ming kilometrgacha bo‘lgan masofani velosipedda bosib o‘tgan. Shu vaqt ichida u Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy va boshqa davlatlarga tashrif buyurdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan O‘zbekiston Toshkent va Vladivostok o‘rtasida uchinchi aviaqatnovni yo‘lga qo‘yishga tayyor ekani haqida yozgan edi.