O‘zbekistonning 39 davlatdagi diplomatik vakolatxonalarida respublika Oliy Majlisi deputatlari saylovini o‘tkazish uchun saylov uchastkalari tashkil etiladi. Bu haqda axborot agentligi xabar berdi .
Unga ko‘ra, mazkur qaror mamlakat Markaziy saylov qo‘mitasi tomonidan qabul qilindi.
Axborot agentligining ta’kidlanishicha, O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari hududlari Toshkentga biriktiriladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan mamlakatdagi barcha besh partiyaga O‘zbekistonda parlament saylovlarida ishtirok etishga ruxsat berilgani haqida yozgan edi.