Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili sa’y-harakatlari natijasida Rossiya Federatsiyasi hududida qarovsiz qolib ketgan voyaga yetmagan shaxslar O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda Bolalar ombudsmani ma’lumot berdi.
Rossiya Federatsiyasi Bolalar ombudsmani vakili Mariya Lvova-Belovaga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Bola huquqlari bo‘yicha vakili tomonidan yuborilgan so‘rovida bolalarni vatanga qaytarilguniga qadar Rossiyada yashab turgan bolalarni maxsus muassasalarda vaqtincha joylashtirish hamda ularning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amaliy yordam so‘ralgan.
So‘rovga binoan Rossiya Federatsiyasi mas’ul xodimlari tomonidan bolalar uchun barcha sharoit va ularning xavfsizligi ta’minlangan.
Joriy yilning 25-avgust kuni jami 31 nafar bola, bundan 13 nafari Sankt-Peterburg shahridan, to‘qqiz nafari Moskva shahridan, sakkiz nafari Novosibirsk shahridan va bir nafari Qozon shahridan IIV vakillari tomonidan O‘zbekistonga qaytarilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qozogʻistonda oʻzbekistonlik ikki nafar jiyaniga uyatsiz buzuq harakatlar qilgan erkak qoʻlga olingani haqida xabar bergan edi.