Yangiliklar

Samarqandda baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionati yakunlandi

O‘zbekiston terma jamoasi medallarsiz qoldi
Rasm: O‘zR MOQ

Samarqandda baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionati yakunlandi. O‘zbekiston terma jamoasi vakillari musobaqa davomida medallarni qo‘lga kirita olmadi, deya xabar berdi mamlakat Milliy olimpiya qo‘mitasi (MOQ).

«Afsuski, unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari shohsupaga ko‘tarila olishmadi. Biroq hamyurtlarimiz o‘zlari uchun ulkan tajriba orttirishdi», deyiladi qo‘mita xabarida.

Masalan, besh ming metr masofada Nurislom To‘xtasin o‘g‘li to‘rtinchi o‘rinni egalladi. Dilnoza Rahmatova o‘ninchi, Yaroslav Slavgorodskiy esa 13-o‘rinda.

Rasm: O‘zR MOQ

Avvalroq Kursiv Uzbekistan O‘zbekiston ilk bor baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qilishini yozgan edi.