26–30-avgust kunlari Samarqand shahrida «Sharq taronalari» XIII xalqaro musiqa festivali bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar beradi.
Festivalda 80 ga yaqin mamlakatlarning 300 nafardan ziyod musiqachilari ishtirok etadi.
Festivalning asosiy maqsadi — milliy musiqa madaniyatini saqlash va rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va xalqaro madaniy aloqalarni mustahkamlashdan iborat.
Sharq taronalari festivali 1997-yilda tashkil etilgan. O‘sha paytda Gran-pri g‘olibi ozarbayjonlik Simara Imanova bo‘lgan edi. 1-o‘rinni esa O‘zbekiston xalq artisti Munojat Yo‘lchiyeva qo‘lga kiritgan.
Ma’lumot uchun, ochilish marosimida ishtirok etish uchun Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrif buyuradi.
Tanlov g‘oliblariga maxsus diplom, statuetka va pul mukofotlari beriladi. Gran-pri g‘olibiga — $10 ming, 1-o‘rin uchun $5 ming, 2-o‘ringa $3,5 ming va 3-o‘ringa $2 ming beriladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Madaniyat vaziri «Ovoz» loyihasiga 2 milliard soʻm sarflanganiga izoh berganini yozgan edi.