Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Respublikasining davlat va jamoat arboblaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida farmonni imzoladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Quyidagi arboblari Oʻzbekiston Respublikasining «Doʻstlik» ordeni bilan mukofotlandi:
Karin Yerlan Tinimbayuli — Qozogʻiston Respublikasining Davlat maslahatchisi
Jeldibay Ruslan Sultanuli — Qozogʻiston Respublikasi Prezidentining ichki siyosat va kommunikatsiya masalalari boʻyicha yordamchisi
Jumangarin Serik Makashevich — Qozogʻiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari
Balayeva Aida Galimovna — Qozogʻiston Respublikasi madaniyat va axborot vaziri
Atamkulov Beybut Bakirovich — Qozogʻiston Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi
Xashimjanov Ikram Akramovich — Qozogʻiston Respublikasi Oʻzbeklar etnomadaniy birlashmalari uyushmasi raisi
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev Qozogʻistonning «Oltin Qiron» ordeni bilan taqdirlangani haqida xabar bergan edi.