Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In harbiy dronlarni sinovdan o‘tkazdi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In mamlakatda ishlab chiqilgan hujumchi uchuvchisiz dronlar sinovini ko‘zdan kechirdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Unga ko‘ra, Shimoliy Koreya ommaviy axborot vositalari tomonidan e’lon qilingan fotosuratlarda dumlari va qanotlari X shaklidagi oq dron Janubiy Koreyaning K-2 asosiy jangovar tankiga o‘xshash nishonga urilgani va uni yo‘q qilgani aks etgan.
Maslahatchilar qurshab olgan stolda tasvirlangan Kim Vashington va Seul bilan keskinlik kuchaygan bir paytda o‘z mamlakati armiyasini modernizatsiya qilmoqda va qurol-yarog‘ imkoniyatlarini rivojlantirmoqda.
Shimoliy Koreya rahbari Shimoliy Koreya Mudofaa fanlari akademiyasi dron institutiga tashrifi chog‘ida sinovdan o‘tkazdi.
Kimning aytishicha, harbiy texnologiyalar va zamonaviy jangovar sohadagi global tendentsiyalar urushda dronlarning ahamiyatini oshirmoqda va Pxenyan armiyasi ular bilan «iloji boricha tezroq» jihozlanishi kerak.
Pxenyan xalqaro sanksiyalarga qaramay, uzoq masofali ballistik raketa va yadro dasturlarida sezilarli yutuqlarga erishganidan so‘ng, Janubiy Koreyaga zarba berishga qaratilgan qisqa masofali raketalar va og‘ir artilleriyadan iborat taktik urush imkoniyatlarini oshirdi.
Dron sinovi AQSh va Janubiy Koreya harbiylari Shimoliy Koreya tahdididan mudofaa qilish uchun birgalikdagi imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli mashg‘ulotlar o‘tkazayotgan paytga to‘g‘ri keldi.
Mashqlar 29-avgust kuniga qadar davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, mart oyida ham Kim Chen In armiya tayyorgarligini kuchaytirish haqida topshiriq bergan edi.