Yangiliklar

Sitora Turdibekova «Jasorat» medali bilan taqdirlandi

Mustaqillikning 33 yilligi munosabati bilan
Foto: Samdu.uz

Parijda bo‘lib o‘tgan 2024-yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlarida munosib ishtirok etgan Turdibekova Sitora Shavkat qizi «Jasorat» medali bilan taqdirlandi. Bu haqda prezident matbuot xizmatida ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, Sitora Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida»gi Farmoniga binoan taqdirlandi.

Shuningdek, u Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi sport boʻlimi yoʻriqchi-sportchisi hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Olimpiada oʻyinlari sovrindorlarining murabbiylariga qancha pul mukofotlari berilishi haqida yozgan edik.