Telegramda Durovning qo‘lga olinishiga izoh berildi

eʼlon qilindi
Messenjer jamoasi uning qonunlarga muvofiq ishlayotganini ta’kidlaydi
Rasm: Getty Images

Telegram messenjeri Yevropa qonunlariga muvofiq ishlaydi va uning moderatsiyasi soha standartlariga mos keladi, deyiladi xizmatning Telegram-kanalida.

«Platforma yoki uning egasi ushbu platformani suiiste’mol qilganlik uchun javobgar deb da’vo qilish bema’nilikdir», deya qayd etdi Telegram o‘z rahbari Pavel Durovning Fransiyada qo‘lga olingani munosabati bilan.

Messenjer jamoasi Durovning yashirishga hech narsasi yo‘qligi va u tez-tez Yevropa bo‘ylab sayohat qilishini ma’lum qildi. Telegram vakillari vaziyatning tezroq hal etilishini kutayotganliklarini ta’kidladilar.

Eslatib o‘tamiz, Durov dam olish kunlari Fransiyada mahalliy huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlik qilishni istamagani uchun hibsga olingan.

Shuningdek