Tolibon Oʻzbekistondagi elchisini tayinlandi
eʼlon qilindi
Yangi elchi tez orada ish boshlaydi
Afgʻoniston hukumati Abdul Gʻofar Tiravini Oʻzbekistondagi elchisi etib tayinladi. Bu haqda TOLONews portal xabar berdi.
Afgʻoniston uchinchi siyosiy departamenti rahbari Zokir Jaloliyning ta’kidlashicha, yangi elchi tez orada ish boshlaydi.
Siyosatshunos Muhammad Aslam Danishmalning izoh berishicha, hozirgi afgʻon hukumati qonuniylikka erishish uchun mamlakatni izolyatsiyadan chiqarishga harakat qilishda davom etishi kerak.
Bungacha Kobul Muhammad ul-Rahmonni Ostonagi elchisi etib tayinlagan edi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Afgʻonistonga borgani haqida xabar bergan edi.