Yangiliklar

To‘rt yil ichida qurilish korxonalari soni O‘zbekistonda 12 mingdan ortiqroqqa ko‘paydi

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra
Rasm: nazariykarkhut/Depositphotos

2024-yil 1-avgust holatiga ko‘ra, qurilish sohasida 53 499 ta korxona ro‘yxatdan o‘tgan. 2020-yilda esa kompaniyalar soni 41 479 ta edi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

So‘ngi to‘rt yil davomida qurilish kompaniyalari soni ancha ortgan. 2021-yilda bunday kompaniyalar 46 509 ta, 2022-yilda 47 827 ta, o‘tgan yili esa 52 057 tani tashkil qilgan.

Joriy yilda korxonalar soni 2020-yilga nisbatan 22,47 foizga oshgan. O‘tgan yilning shu davri bilan solishtirganda 2,8 foizga ortgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan O‘zbekistonda qurilish sohasida ro‘yxatdan o‘tgan subyektlar soni ortgani haqida yozgan edi.