«103» xizmatida tez tibbiy yordam brigadalari soni qariyb 2 840 taga yetdi
2024-yilning ayni davriga kelib, sog‘liqni saqlash tizimida uzoq vaqtlardan buyon foydalanib kelingan avtotransport vositalari 80 foizi yangilandi. Avtomobillar soni esa 2 840 taga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2017-yilda 818 ta tez tibbiy yordam shoxobchasi faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, 2024-yilga kelib ularning soni 1 766 taga ko‘paydi va oxirgi yillarda sohaga ming dona zamonaviy Volkswagen Caddy rusumli avtomobillar yetkazib berildi. Tizimdagi barcha avtotransport vositalari GPS-treker bilan ta’minlandi.
Ma’lumot uchun, 2017-yilda reanimobillar soni 24 tani tashkil qilgan bo‘lsa, ushbu raqamlar 2024-yilga kelib 510 taga yetkazildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan yil boshidan beri tez tibbiy yordamga qancha yolgʻon qoʻngʻiroqlar kelib tushgani haqida xabar bergan edi.