Yangiliklar

119,3 ming kub metr tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

214,7 mln so‘m zarar yetkazilgan
Rasm: lurii/Depositphotos

O‘rta Chirchiq tumanida fuqaro tomonidan tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish oqibatida jamiyat manfaatlariga 214,7 mln so‘m zarar yetkazganligi aniqlangan. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti matbuot xizmati ma’lum qildi.  

Qayd etilishicha, departamentning O‘rta Chirchiq tumani bo‘limi Yakka tartibdagi tadbirkor (YaTT) «T.R.»ga qarashli ishlab chiqarish sexidagi fuqaro S.J. tijorat maqsadida uchta alyumin eritish qozonlarini o‘rta bosimli aholi gaz tarmog‘iga qo‘lbola gaz so‘rg‘ich moslamasi yordamida yashirincha ulagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, fuqaro 119,3 ming kub metr. tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish natijasida 214,7 mln so‘m zarar yetkazgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkent viloyatida 1,2 milliard soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan mayning ferma aniqlangani haqida xabar bergan edi.