Apple taqdimotini o‘tkazish sanasi ma’lum bo‘ldi

eʼlon qilindi
U yerda yangi iPhone va Apple Watch namoyish etiladi
Rasm: Reuters

Amerikaning texnologik giganti Apple 9-sentabr kuni taqdimot o‘tkazadi. Unda iPhone 16 smartfonlari taqdim etilishi kutilmoqda, deb xabar berdi The Verge portali.

Taqdimot «Porlash vaqti keldi!» shiori ostida o‘tkaziladi.

Tadbirda tahlilchilarning fikricha, Apple Intelligence sun’iy intellekt tizimi haqida ko‘proq ma’lumot beradi. Uning asboblari iPhone 16 ga birlashtirilishi mumkin.

Yangi smartfonlar katta o‘lchamdagi ekranlari bilan ham ajralib turadi va birinchi marta bronza rangli korpusga ega bo‘ladi. Barcha qurilmalar «Harakat» va videoga olish tugmalari bilan jihozlanadi.

Nihoyat mish-mishlarga ko‘ra, taqdimotda Apple Watch Series 10 va yangi AirPods’ning ikkita versiyasi namoyish etiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Foxconn iPhone 16 Pro‘ni Hindistonda sinov tariqasida ishlab chiqarishni boshlayotganini yozgan edi.

Shuningdek